2023-yilda tashkil etilgan zamonaviy ta’lim maskani. Bizning maqsadimiz o‘quvchilarning salohiyatini ochish va ularni global dunyoga tayyorlashdir.
Hozirda bizda:
500+ faol o‘quvchi;
250+ turli fanlar bo‘yicha nufuzli sertifikatlar mavjud.
Ilm va ilmlilarni qadrlaydigan maskan!
KARAKUL INTERNATIONAL SCHOOL NTM markazimizda Mathematics, fizika, kimyo, biologiya, tarix, huquq, ingliz tili, ona tili va adabiyot kabi asosiy fanlar tajribali ustozlar tomonidan zamonaviy metodlar asosida o‘qitiladi. Darslar o‘quvchilar uchun tushunarli, tizimli va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda tashkil etiladi.
Bizning maqsadimiz — o‘quvchilarning maktabdagi natijalarini yaxshilash, imtihonlarga puxta tayyorlash va ularning bilim darajasini mustahkamlashdir.
SAT, Milliy sertifikat va Matematika kursi: Olimpiada darajasidagi mantiqiy misollar ustida intensiv tayyorgarlik.
Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov darslari hamda nazariy bilimlarni real laboratoriya tajribalari bilan mustahkamlash.
IELTS va Milliy sertifikat (CEFR) imtihonlariga professional tayyorlov darslari.
Milliy sertifikat va DTM imtihonlariga professional tayyorgarlik hamda moddalar ustida amaliy tadqiqotlar.
Tibbiyot yo'nalishi uchun chuqurlashtirilgan anatomiya, genetika darslari hamda Milliy sertifikat va DTM imtihonlariga tayyorgarlik.
Xronologik jadval va tahliliy yondashuv orqali Milliy sertifikat hamda DTM imtihonlariga intensiv tayyorgarlik.
Yuridik ongni shakllantirish, qonunchilik asoslarini o‘qitish va imtihonlarga intensiv tayyorgarlik.
Badiiy adabiyotni chuqur tahlil qilish mahorati hamda Milliy sertifikat va DTM imtihonlariga intensiv tayyorgarlik darslari.
tajribali, mas’uliyatli va o‘z ishiga fidoyi mutaxassislar.
Ular o‘quvchilarga mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalar beradi.































